Bot nima qila oladi va undan qanday foydalanish โ qisqacha.
Buxgalteriya, soliq va mehnat qonunchiligi bo'yicha savolingizni oddiy gapda yozing โ BuxAI 19 ta kodeks va 35 000+ moddadan javob topadi, har doim lex.uz havolasi bilan.
Maosh, JShDS, otpuska, kunlik stavka โ raqamlaringizni yozing, bot qadam-baqadam hisoblab beradi. Masalan: oyligim 4 500 000, 26 kun ishladim, qo'limga qancha tegadi?
Faktura, akt, TTN rasmini (๐ท foto yoki ๐ fayl sifatida) yoki PDF'ini yuboring โ bot summasini, MXIK kodini, QQS'ini o'qib, xatoliklarni ko'rsatadi. PNG, JPG, PDF โ barchasi qabul qilinadi.
Didox ulangan bo'lsa, chatda so'rang โ bot ะญะกะค, akt, TTN qoralamasini to'g'ridan-to'g'ri Didox'da yaratadi (imzolash E-IMZO orqali o'zingizda qoladi).
/ulash buyrug'i โ STIR va parolingiz bilan ulaysiz. Bepul rejada ham ishlaydi.
Hujjat yaratish: chatga "ABC korxonaga 5 ta mahsulot uchun faktura yarat" deb yozing โ bot barcha ma'lumotlarni so'rab, Didox'da qoralama yaratadi. Imzolash E-IMZO orqali o'zingizda qoladi.
Hujjatni telefonda rasmga oling va rasmni "pdf" degan izoh bilan botga yuboring โ bir necha soniyada tayyor PDF fayl qaytadi. Bir nechta rasmni birga (albom qilib) yuborsangiz, hammasi tartibi bilan bitta PDF bo'ladi. Avval yuborilgan rasmga javob qilib "pdf qil" deb yozsangiz ham ishlaydi.
Sifat yuqori bo'lishi uchun rasmni "fayl sifatida" yuborish mumkin (JPG yoki PNG). Bir PDF'ga 30 tagacha rasm.
Har kuni siz tanlagan vaqtda bot Didox'dagi hisob-fakturalaringiz bo'yicha hisobot yuboradi: bugun nima sotildi, nima kirdi (mahsulot bo'yicha kg/tonna/dona va summa) va omborda qancha qoldi. Vaqtni belgilash: "hisobotni har kuni 20:00 da yubor". Qoldiq chiqishi uchun bir marta yozing: "ko'mir 500 tonna bor" โ shundan keyin kirim qo'shilib, chiqim ayirilib boradi. Hisobotni darhol olish: "hisobot ber", "qancha qoldi?" yoki /hisobot buyrug'i.
Hisobga faqat Didox'dagi yuborilgan/imzolangan hisob-fakturalar kiradi. Qoralama, rad etilgan hujjatlar va Didox'dan tashqari (naqd) harakatlar kirmaydi.
Ijara, kommunal, internet, kassa apparati kabi har oy takrorlanadigan to'lovni bir marta yozing: "Ijara har oyning 5-sanasida, 3 000 000 so'm, eslatib tur". Bot har oy o'sha kuni soat 09:00 da Telegramda eslatadi. To'lagach "to'landi" deb yozing โ keyingi eslatma kelasi oyda keladi. Ro'yxatni ko'rish: "eslatmalarimni ko'rsat"; to'xtatish: "ijara eslatmasini o'chir".
Pastki menyudagi "๐ Shablonlar" tugmasi โ 124 ta tayyor shartnoma/hujjat namunasi. Bo'lim tanlang yoki nomini to'g'ridan-to'g'ri yozing: har bir namunani bo'sh holda yuklab olish yoki bot bilan birga ma'lumotlaringizni kiritib to'ldirish mumkin. Kutubxonada yo'q shartnoma turi so'ralsa, bot xuddi shu professional uslubda yangisini yaratadi.
Bepul tarifda savol-javob, hujjat o'qish, shablonlar va 3 ta Didox hujjati bepul. Pro va Boy tariflar cheksiz savol, limitisiz Didox, audit va ko'proq imkoniyat beradi.
Telegram bot va buxai.uz sayti bitta hisobga bog'lanadi: tarif, limit va suhbatlar umumiy bo'ladi. Saytda Sozlamalar โ Profil โ "Telegram bilan bog'lash" tugmasini bosing va chiqqan kodni botga yuboring (/link).
Telegram botda va buxai.uz saytida โ ikkalasida ham bir xil javob sifati, ro'yxatdan o'tmasdan ham boshlash mumkin.